«Qoradori-2020» tadbiri davomida giyohvand o‘simligi o‘stirayotgan yana bir shaxs qo‘lga olindi

Jamiyat 12:21 / 30.05.2020 6012

2020 yil 27 may kuni Sirdaryo tumani IIB JQB xodimlari tomonidan “Qoradori-2020” tadbiri o‘tkazilgan. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir davomida Sirdaryo tumanida yashovchi 75 yoshli fuqaro M.M.ning uyi tomorqasida ekilgan kartoshka oldida parvarishlab kelinayotgan 290 tup "ko‘knori" giyohvandlik o‘simligi borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.M.ga nisbatan Sirdaryo tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: