O‘zbekistonda erkaklar va ayollar necha yoshda ko‘proq oila qurayotgani ma’lum qilindi

Jamiyat 10:33 / 02.02.2025 29704

Statistika agentligi O‘zbekistonda nikohlanuvchi erkaklar va ayollarning yoshi bo‘yicha taqsimlanishi haqidagi ma’lumotlarni ochiqladi.

Unga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-dekabr oylarida, respublika bo‘yicha 271 776 ta nikoh holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan.

Qayd etilgan nikohlarning erkaklarning yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlanishi, foizda quyidagicha bo‘lgan:

20 yoshgacha – 1,4 foiz

20-30 yosh – 84,3 foiz

31-40 yosh – 10,1 foiz

41 yosh va kattalar – 4,2 foiz.

Qayd etilgan nikohlarning ayollarning yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlanishi, foizda quyidagicha bo‘lgan:

20 yoshgacha – 37,7 foiz

20-30 yosh – 53,9 foiz

31-40 yosh – 6,5 foiz

41 yosh va kattalar – 1,9 foiz.

Ko‘proq yangiliklar: