«O‘zbektelekom»AK mobil ilova va onlayn to‘lov tizimlari orqali UZTELECOM xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirishni tavsiya qiladi!

Jamiyat 16:00 / 29.05.2020 1897

Pandemiya sharoitida sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda zarur xavfsiz masofani saqlash juda qiyin. Har oyning so‘nggi kunlarida UZTELECOM abonentlari xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish uchun Kompaniyaning sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislariga murojaat qiladilar.

«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi abonentlaridan kompaniya ofislariga shaxsan tashrif buyurmagan holda, onlayn to‘lovlarni amalga oshirish uchun ko‘plab to‘lov tizimlaridan foydalanishni iltimos qiladi. Bu qulay va xavfsiz.

Onlayn ravishda UZTELECOM xizmatlari bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun MyUztelecom mobil ilovasini smartfoningizga o‘rnatib, uning yordamida bir qator funksiyalarni bajarishingiz mumkin:

  • Internet-paketlar sotib olish;
  • tariflarni o‘zgartirish;
  • hisobdagi mablag‘ qoldig‘ini, bepul daqiqalar va megabayt trafik miqdorini kuzatib borish;
  • to‘lovlarni kuzatib borish va saqlash;
  • mablag‘larni kartadan-kartaga o‘tkazish;
  • yangiliklar va reklama aksiyalari haqida xabarlarni olish kabi bir qator funksiyalarni bajarishingiz mumkin va bu MyUztelecom imkoniyatlarining faqat bir qismidir!

Onlayn to‘lovlarni ham ilova orqali amalga oshirish mumkin. Buning uchun telefon raqamini tegishli bank kartasi bilan bog‘lash kifoya. MyUztelecom mobil ilovasi yordamida internet orqali xizmatlar uchun oddiy va xavfsiz to‘lovlarni amalga oshiring!

«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi o‘z abonentlaridan karantin qoidalariga rioya etishni, o‘zlari, atrofdagilari haqida qayg‘urishlarini va uyda qolishlarini so‘rab qoladi. O‘z navbatida, siz aloqa xizmatlaridan to‘laqonli foydalanishingiz uchun barcha choralarni ko‘ramiz!

UZTELECOM – Milliy operator!

Mobil ilovani quyidagi havolalar orqali bepul yuklab olishingiz mumkin:

Android platformasi uchun: yuklab oling.

iOS platformasi uchun: yuklab oling.

Batafsil ma'lumot uchun:

Sayt: www.uztelecom.uz

Texnik qo‘llab-quvvatlash: fb.com/groups/tshtt.uz

Facebook: fb.com/uztelecom

Instagram: @uztelecomuz

Telegram: t.me/uztelecomuz

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: