Keksalar muammolari bilan Nuroniylar jamoatchilik kengashlari shug‘ullanadi

Jamiyat 08:28 / 29.05.2020 3705

Norma’ning yozishicha, prezidentning “Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 18 fevraldagi PF-5938-son farmonida qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish uchun:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman va shaharlarda Nuroniylar jamoatchilik kengashlari tashkil etiladi. Keksalarni qo‘llab-quvvatlash sohasiga oid qonun hujjatlarining ijrosini ta'minlashga ko‘maklashish, muammolarni monitoring va tahlil qilish, yolg‘iz keksalar, pensionerlar, nogironlar va boshqalarga taalluqli muammolar bo‘yicha takliflar ishlab chiqish ularning asosiy vazifalari hisoblanadi;

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining hududiy bo‘linmalari rahbarlari o‘rinbosarlari Nuroniylar jamoatchilik kengashlari raislari tomonidan tayinlanadi;

Nuroniylar jamoatchilik kengashlari to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.
 
Hujjat 25.05.2020 yildan kuchga kirdi.

Ko‘proq yangiliklar: