Janubiy Koreyada koronavirus bilan bog‘liq yangi holatlar sababli avval bekor qilingan cheklovlar tiklandi

Jahon 16:32 / 29.05.2020 6736

Janubiy Koreyaning poytaxt hududida koronavirus sababli joriy etilgan cheklovlarning yumshatilishi doirasida ochilgan muzeylar, galereya va teatrlar qaytadan yopib qo‘yildi. Bu haqda "Ryonxap" agentligi xabar berdi.

Seulda koronavirus yuqtirish bilan holatlarning o‘sishi ana shunday chora ko‘rishga majbur qildi.

Janubiy Koreya hukumati shuningdek, ta'lim muassasalaridagi  choralarni ham kuchaytirdi. Boshlang‘ich va o‘rta maktablarda o‘quvchilar soni jami o‘quvchilarning uchdan bir qismidan oshmasligi belgilab qo‘yildi. Bundan tashqari, ijtimoiy masofalanishga albatta rioya qilinishi kerakligi ta'kidlandi.

Janubiy Koreyada ikkinchi kundirki, koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 50dan ortiq yangi holatlar aniqlanmoqda, ularning aksariyati Seulga to‘g‘ri keladi.

Ko‘proq yangiliklar: