Toshkentda Malibu va Mercedes-Benz to‘qnashdi

Jamiyat 14:18 / 28.05.2020 14094

Joriy yilning 26 may kuni soat 23:00larda, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Sebzor-Nurafshon ko‘chalari chorrahasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1979 y.t. B.Sh. (erkak) boshqaruvidagi Malibu rusumli transport vositasi va haydovchi, 1975 y.t. J.I. (erkak) boshqaruvida bo‘lgan Mercedes-Benz rusumli transport vositalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, to‘qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur to‘qnashuv yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas'ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Barcha yo‘l harakati ishtirokchilaridan yo‘llarda harakatlanganda yo‘l harakati qoidalariga amal qilishlarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: