Qashqadaryoda haydovchining e'tiborsizligi oqibatida 2 yoshli go‘dak hayotdan ko‘z yumdi

Jamiyat 11:49 / 28.05.2020 10397

2020 yilning 27 may kuni soat 09:00da haydovchi, 22 yoshli N.T. boshqaruvida bo‘lgan Damas rusumli avtomashinasida Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Iskana qishlog‘ining ichki yo‘lidan harakatlanib kelayotgan bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u shu vaqtda avtomashinaning old tomonida o‘ynab yurgan voyaga yetmagan 2 yoshli S.M.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

Natijada, voyaga yetmagan S.M. tan jarohati olib, hodisa joyda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Kitob tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.   

“Hurmatli fuqarolar, o‘z farzandlaringizni e'tibordan chetda qoldirmang, shu kabi achinarli holatlarni oldini olish maqsadida farzandlaringizni kun davomida nazorat qilib boring.

Haydovchilar e'tiboriga. Transport vositasini boshqarish vaqtida amaldagi “Yo‘l harakati qoidalariga” amal qilishingizni va hushyor bo‘lishingizni so‘raymiz!” - deyiladi ma'lumotda.

Ko‘proq yangiliklar: