O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 3400dan oshdi

O‘zbekiston 16:55 / 28.05.2020 42901

«2020 yil 28 may soat 16:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3437 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 9 nafari Toshkent shahrida aholi orasidan aniqlangan. 32 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasidan aniqlangan bo‘lib, shundan 10 nafari Sankt-Peterburg shahridan, 3 nafari Novosibirsk shahridan, 1 nafari Istanbul shahridan hamda 17 nafari Qozog‘istondan yurtimizga kirib kelgan. Qolgan 1 nafari esa koronavirusga chalingan bemor bilan muloqotda bo‘lgan», deyiladi vazirlik xabarida.

Bugun hozircha 74ta yangi zararlanish holati qayd etildi, 17 kishi kasallikdan tuzaldi va shu vaqtgacha tuzalganlar soni 2685 nafarga yetdi (78 foiz). 

Hozirda mamlakatdagi shifoxonalarda 738 nafar bemor davolanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: