Jizzaxda sug‘oriladigan yerda uchish-qo‘nish yo‘lagi qurilgani aniqlandi

Jamiyat 08:49 / 28.05.2020 8904

Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida o‘tkazilgan nazoratda sug‘oriladigan yerda uchish-qo‘nish yo‘lagi qurib olingani aniqlandi. Bu haqda «Davergeodezkadastr» qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, «Mingchinor» qishloq fuqarolar yig‘ini hududidagi SilverleafeInternational LLC agroklaster tomonidan qurilgan ushbu uchish-qo‘nish yo‘lagi jami 8 gektar yerni egallab turibdi, shundan 6 gektari sug‘oriladigan ekin yerlari ekani aytiladi. 

Shuningdek, agroklaster tomonidan 1 gektar ekin yeridan o‘zboshimchalik bilan turli imoratlar qurib olinganligi ma'lum bo‘ldi, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, ushbu agroklaster tomonidan 1, 11, 21, 25, 26 va 27 dala konturlariga jami 2000 gektar yerga rejalashtirilgan chigit ekinining 356 gektariga haligacha ekilmasdan kelayotgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan qo‘mita mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot berildi va viloyat hokimligiga taqdimnoma kiritildi, deyiladi ma'lumotda.

Ko‘proq yangiliklar: