«Ipoteka bank»ning koronavirusga chalingan xodimi borgan joylar ma'lum qilindi

Jamiyat 14:57 / 27.05.2020 64879

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Sevara Ubaydullayeva AOKAda o‘tkazilgan onlayn brifingda O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq so‘nggi yangiliklar haqida ma'lumot berdi.

U respublika «Ipoteka bank» bosh boshqarmasining 24 may kuni koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan xodimining epidemiologik marshrutiga oid ma'lumotlarni ochiqlagan.

«Ayni paytda koronavirus yuqtirgan «Ipoteka bank» xodimining virusni qayerdan yuqtirgani, kimlar bilan muloqotda bo‘lganini aniqlash uchun surishtiruvlar o‘tkazilmoqda.

Mazkur bemorga oid ma'lumotlarni aniqlash jarayonida uning «Buyuk ipak yo‘li» ko‘chasidagi «Salom» choyxonasi to‘g‘risida joylashgan «Korzinka» supermarketida va «Ekobozor»da kunora bozorlik qilgani ma'lum bo‘ldi», deya qayd etdi shtab a'zosi.

Bozorlarga faqat ehtiyoj bo‘lganda ehtiyot choralarini ko‘rgan holda borish maqsadga muvofiqligi qayd etib o‘tildi.

Ko‘proq yangiliklar: