Ipoteka-bank: xizmatlarimizdan barcha filiallarimiz orqali, shuningdek «Ipoteka mobile» yordamida masofadan foydalanishingiz mumkin

Jamiyat 11:00 / 27.05.2020 13827

COVID-19 pandemiyasi sharoitida «Ipoteka-bank» ATIB o‘ziga yuklatilgan vazifalarni, xususan davlat dasturlari ijrosini ta'minlash, aholi va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga bank xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan barcha zaruriy choralarni ko‘rmoqda.

Jumladan, respublika hududidagi bankning 39 ta filiali, 500 dan ortiq mini-banki, bank xizmatlari markazlari va bankdan tashqarida joylashgan chakana kassalar mehnat qonunchiligiga va karantin talablariga qat'iy rioya qilgan holda o‘z faoliyatlarini odatiy rejimda, uzluksiz davom ettirmoqda.

Shu bilan birga, bank filiallari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarni ma'lum shartlar asosida moliyalashtirish amaliyotlari ham amalga oshirib kelinmoqda.

Karantin davrida ushbu ishlarni tashkillashtirishda quyidagilarga alohida e'tibor qaratilmoqda:

  • xonalar va xizmat ko‘rsatish zallari har kuni ikki marta dezinfeksiya qilinmoqda;
  • binoga kirishda xodimlar va mijozlar harorati o‘lchanmoqda;
  • binoga kirish qismi va xonalar antiseptik va boshqa shu kabi himoya vositalari bilan ta'minlangan;
  • mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tegishli himoya kiyimlari, tibbiy niqob va kerakli vositalar bilan kunlik ta'minlanmoqda;
  • xodimlar sanitariya qoidalariga amal qilgan holda, tibbiy niqobda ijtimoiy masofani saqlagan holda faoliyat olib bormoqdalar.

Mijozlar va bank xizmatlari iste'molchilari filiallarga tibbiy niqobda, ijtimoiy masofani saqlab, sanitariya qoidalariga qat'iy amal qilgan holda tashrif buyurishlari va murojaat qilishlari mumkin.

Shu o‘rinda, kommunal va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirmoqchi bo‘lib, bankka tashrif buyurmoqchi bo‘lgan aholiga bank tomonidan karantin davrda uydan chiqmasdan, o‘z sog‘lig‘ini saqlashiga e'tibor qaratilib, bankka tashrif buyurmagan holda, to‘lovlarni «Ipoteka mobile» mobil ilovasi orqali amalga oshirish va amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha elektron cheklarni saqlab qo‘yish imkoniyati yaratilganligini eslatib o‘tamiz.

«Ipoteka mobile» ilovasini quyidagi havolalar yordamida yuklab olish mumkin.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: