Bunda sotuvlarning 89 foizi - birja savdolari, 7 foizi - ko‘rgazma-yarmarka savdolari, 4 foizi - elektron davlat xaridlari va 0,5 foizi - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 25,6 foizga o‘sish bilan 413,5 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida budjet va korporativ buyurtmachilarining 10,9 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.
Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 992 ta avtoraqamlar sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 52 foizga o‘sib, 6,2 mlrd so‘mni tashkil qildi. Savdolar natijasida bitimlarning 23,6 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 49,9 foizi ikkinchi va 26,5 foizi uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1,08 trln so‘mlik tovar resurslari sotildi, bu avvalgi haftaga nisbatan 16,4 foizga ko‘pdir. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘yishdi.
O‘tgan haftada birja savdolariga 3 540,0 tonna paxta yog‘i qo‘yildi va ulardan 2 017,0 tonnasi, ya'ni 57,6 foizi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 41 ta xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 8,8 mln so‘mdan 9,1 mln so‘mgacha, ya'ni 3,5 foizga o‘sdi. Hafta yakunlariga ko‘ra 1-navli paxta yog‘ining haftalik kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan 2,6 foizga pasayib, mahsulotni bir tonnasi uchun 9,4 mln so‘mni tashkil etdi.
Taklif darajasi yuqori bo‘lganligi sababli birjaning shakar bozorida barqarorlik saqlanmoqda. O‘tgan haftada birja savdolariga 15 250,0 tonna shakar qo‘yildi va ulardan 6 832,0 tonnasi, ya'ni 44,8 foizi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 15 ta xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 5,3 mln so‘mdan 5,2 mln so‘mgacha, ya'ni 2,3 foizga kamaydi. O‘tkazilgan birja savdolari natijasida shakarning 3-kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi avvalgi haftaga nisbatan 2,5 foizga pasayib, bir tonnasi uchun 5,3 mln so‘mni tashkil qildi.
O‘tgan haftada birja savdolariga 60 563,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo‘yildi va ulardan 10 931,9 tonnasi, ya'ni 18,0 foizi sotildi.
Birja savdolarida “O‘zbekneftegaz” AJ neft bazalari, avtomobil yoqilg‘i quyish shoxobchalari va benzinni o‘z ehtiyojlari uchun xarid qiladigan boshqa yuridik shaxslar ishtirok etishdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil benzinning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 4,06 mln so‘mdan 4,067 mln so‘mgacha pasaydi.
AI-80 rusumli avtomobil benzinning o‘rtacha haftalik kotirovkasi 1,8 foizga pasayib, benzinning bir tonnasi uchun 3,9 mln so‘mni, AI-91 benzinni narxi 2,6 foizga pasayib – 5,6 mln so‘mni tashkil etdi.