O‘zbekistonda yangi axborot tizimi yaratiladi. U ma'lumotlarni yig‘ish va qayta ishlashga aloqador

O‘zbekiston 07:36 / 22.05.2020 6509

Vazirlar Mahkamasining “Davlat organlaridan ma'lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash bo‘yicha integratsiyalashgan axborot tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda davlat idoralarining axborot tizimlari va ma'lumotlar bazalarini integratsiya qilish orqali mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilish, kelgusida prognozlash va davlat boshqaruvida foydalaniladigan ma'lumotlarni shakllantirish imkonini beruvchi Davlat organlari ma'lumotlarini yig‘ish va qayta ishlash axborot tizimini yaratish va 2021 yil 1 iyuldan boshlab joriy etiladi.

“Ma'lumotlarni boshqarish” axborot tizimi yaratish va joriy etish loyihasi doirasida:

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi – tizimning buyurtmachisi etib;

Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator UZINFOCOM” MChJ - axborot tizimini ishlab chiqish, joriy etish, doimiy asosda uni uzluksiz ishlashini ta'minlash hamda takomillashtirish bo‘yicha operatori etib belgilanadi.

Bunda, “Ma'lumotlarni boshqarish” axborot tizimi yaratish va joriy etish bilan bog‘liq xarajatlar Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, axborot tizimini qo‘llab-quvvatlash hamda takomillashtirish Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi Operator bilan birgalikda:

joriy yilning 1 sentyabriga qadar “Ma'lumotlarni boshqarish” axborot tizimini yaratish bo‘yicha loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqilishini va vakolatli organlarga ekspertizadan o‘tkazish uchun kiritilishini;

2021 yil 1 iyuliga qadar “Ma'lumotlarni boshqarish” axborot tizimini amaliyotga bosqichma-bosqich joriy etilishini ta'minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

2020 yilda Iqtisodiy taraqqiyot vazirligiga uning asoslantirilgan hisob-kitoblariga muvofiq “Ma'lumotlarni boshqarish” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish bilan bog‘liq xarajatlarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zaxira jamg‘armasi hisobidan zarur mablag‘larni;

2021 yildan boshlab har yili mazkur axborot tizimini qo‘llab-quvvatlash hamda takomillashtirish uchun Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi taqdimnomasiga asosan zarur mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari parametrlarida nazarda tutgan holda ajratilishini ta'minlaydi.

“Ma'lumotlarni boshqarish” axborot tizimining samarali faoliyat yuritishida davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:

a) Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi:

“Ma'lumotlarni boshqarish” axborot tizimini yaratish va joriy etish hamda takomillashtirish, shuningdek, unga egalik qilish va uning uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini ta'minlash;

axborot tizimida ishtirok etuvchi davlat organlari va tashkilotlari, jamlanadigan hamda tahlil etiladigan ma'lumotlar ro‘yxati va ularni taqdim etish davriyligini belgilash;

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti bilan birgalikda:

axborot tizimidagi ma'lumotlaridan foydalangan holda mamlakatning ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilish hamda kelgusida prognozlash;

ma'lumotlarni boshqarish uchun zarur bo‘lgan uslubiyatlar ishlab chiqish va tatbiq etish;

b) Davlat statistika qo‘mitasi “Ma'lumotlarni boshqarish” axborot tizimida foydalanish uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlarni:

davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma'lumotlar to‘plamlari ro‘yxatiga kiritish va ularning o‘rnatilgan tartibda yangilab borilishini muvofiqlashtirish;

davlat statistikasi ishlari dasturi doirasida shakllantiriladigan statistik va tahliliy ma'lumotlarni jamlanma holatda va egasi mavhumlashtirilgan tarzda taqdim etish;

boshqarish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy-statistika tasniflagichlarni ishlab chiqish va tatbiq etish;

v) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot tizimini elektron hukumat tizimlari hamda davlat organlari va tashkilotlarining ma'lumotlar bazasi, axborot tizimlari bilan integratsiyasini hamda idoralararo elektron hamkorligini samarali tashkil etilishida ko‘maklashish;

axborot tizimini O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma'lumotlar portaliga integratsiya qilishini va uzluksiz ishlab turishini ta'minlash;

g) davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari axborot tizimga jamlanishi belgilangan ma'lumotlarni belgilangan ro‘yxatga va muddatlarga muvofiq elektron hamkorlik orqali taqdim etish yoxud tizimga doimiy ravishda kiritishni ta'minlash;

taqdim etilayotgan ma'lumotlarning ishonchliligi, haqqoniyligi va dolzarbligini ta'minlash choralarini ko‘rish;

d) “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator UZINFOCOM” MChJ axborot tizimni ishlab chiqish, joriy etish, doimiy asosda uni uzluksiz ishlashini hamda takomillashtirilishini ta'minlash.

Belgilanishicha:

“Ma'lumotlarni boshqarish” axborot tizimidan barcha davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari beg‘araz asosda foydalanadilar.

“Ma'lumotlarni boshqarish” axborot tizimi uchun kerakli yagona ma'lumotnomalar va klassifikatorlar “Elektron hukumatning ma'lumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimida yuritiladi.

Bunda, davlat organlari va tashkilotlari o‘zlarining axborot tizimlarida “Elektron hukumatning ma'lumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimida joylashtirilgan ma'lumotnomalar va klassifikatorlaridan foydalanishlari shart.

Ko‘proq yangiliklar: