Baxtiyor Saidov Pokiston prezidenti bilan uchrashdi

Jahon 22:18 / 09.05.2024 5442

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Pokistonga tashrifi doirasida mamlakat prezidenti Asif Ali Zardoriy bilan uchrashdi.

Qayd qilinishicha, uchrashuvda «iqtisodiy diplomatiyadagi muhim imkoniyatlarni ko‘rsatuvchi keng ko‘lamli mavzular muhokama qilingan».

«Ikki tomonlama munosabatlarimizda hali foydalanilmagan ulkan salohiyatni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan O‘zbekiston-Pokiston aloqalarini kengaytirish tarafdorimiz. Uchrashuvimiz kun tartibida iqtisodiy diplomatiyadagi muhim imkoniyatlarni ko‘rsatuvchi keng ko‘lamli mavzular muhokama qilindi. Biz davlat tashkilotlari va xususiy sektor vakillari o‘rtasida mustahkam hamkorlikni rag‘batlantiramiz», deb yozdi Saidov uchrashuv haqida.

Bir kun oldin O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Pokiston savdo vaziri Jam Kamol Xon, xususiylashtirish vaziri Abdul Alim Xon, milliy oziq-ovqat xavfsizligi va tadqiqot vaziri Rana Tanvir Husayn, Pokiston temir yo‘llari raisi Sayid Mazhar Ali Shoh bilan ham uchrashgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: