Kechiktirilgan debitorlik qarzlari uchun jarimalar xatlovdan o‘tkaziladi va qaytariladi

Iqtisodiyot 08:13 / 21.05.2020 5157

Eslatib o‘tamiz, tovarlar amalda jo‘natilgan, ishlar bajarilgan, xizmatlar ko‘rsatilgan kundan boshlab 90 kun o‘tgandan keyin yetkazib berilgan tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar uchun mablag‘lar kelib tushmaganligi muddati o‘tib ketgan debitorlik qarzi deb hisoblanadi (12.05.1995 yildagi PF-1154-son Farmonning 2-bandi). Buning uchun 10 BHMdan 15 BHMgacha jarima solinishi nazarda tutilgan (MJTKning 175-m. 3-q.).
 
Norma’ning yozishicha, 2019 yil 1 yanvardan boshlab davlat ulushi 50 foizdan kam bo‘lgan tashkilotlarda debitorlik qarzlari yuzaga kelganda, sanksiyalar qo‘llanilmaydi (30.10.2018 yildagi PF-5564-son Farmonning 1-bandi «a» kichik bandi 5-xatboshisi). Shu boisdan Moliya vazirligi va DSQ tomonidan bir oy muddatda 2018 yil 31 dekabrdan keyin qo‘llanilgan jarimalar xatlovdan o‘tkaziladi.
 
Xatlov natijalariga ko‘ra:

bir oy muddatda ushbu tashkilotlar tomonidan kechiktirilgan debitorlik qarzlari uchun to‘langan jarima summalari qaytariladi;

2 hafta muddatda xususiy tashkilotlarga kechiktirilgan debitorlik qarzlari uchun moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash to‘g‘risidagi sud qarorlarini bekor qilish to‘g‘risida sudlarga arizalar beriladi.
 
Hujjat 16.05.2020 yildan kuchga kirdi.

Ko‘proq yangiliklar: