Yaxshiboyevga Polsha klubi qiziqish bildirdi

Sport 21:35 / 19.05.2020 11879

Football.kulichki.net saytining yozishicha, Belarus chempionati to‘purari bo‘lib turgan Jasur Yaxshiboyevning vakillariga Polshaning «Rakuv» klubidan aloqaga chiqishgan. So‘rovga javoban Yaxshiboyevning boshqa klubga o‘tish narxi 300 ming yevroga baholangan.

«Paxtakor» tayyor turishi kerak, tez orada Yaxshiboyev bo‘yicha o‘zbek klubiga o‘nlab takliflar kelib tushadi», - deyiladi nashrda.

Ma'lumot uchun, 22 yoshli o‘zbekistonlik yarimhimoyachining transfer huquqi «Paxtakor» klubiga tegishli. Yaxshiboyev «Energetik-BGU» klubiga bir yillik ijaraga berilgan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq «Paxtakor» klubi sport direktori Ja'far Irismetov Jasur Yaxshiboyev bo‘yicha Portugaliya, Vengriya va Polsha klublaridan taklif tushganligini ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: