Prezident farmoni: Tadbirkorlik sub'yektlari 1 sentyabrgacha mol-mulk va yer solig‘i to‘lashdan ozod etiladi

Iqtisodiyot 20:20 / 18.05.2020 55842

Prezident «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmonni imzoladi.

Unga ko‘ra, 2020 yil 1 iyundan 1 sentyabrgacha quyidagilar mol-mulk va yer solig‘i to‘lashdan ozod etiladi:

  • kichik tadbirkorlik sub'yektlari;  
  • bozorlar va  savdo majmualari;  
  • kinoteatrlar;
  • umumiy ovqatlanish joylari; 
  • jamoat transportlari tashkilotlari; 
  • sport-sog‘lomlashtirish muassasalari; 
  • shuningdek, yo‘lovchilarni tashish, maishiy xizmat ko‘rsatish, yopiq joylarni ijaraga berish, shu jumladan banketlar tashkil etish bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslar.

Shuningdek, kichik tadbirkorlik sub'yektlariga 2020 yil 9 martdagi PF-5969-son va 2020 yil 3 apreldagi PF-5978-sonli Farmonlarga muvofiq, aprel-may oylari uchun taqdim etilgan, mol-mulk va yer solig‘ining foizsiz kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) summalaridan; 2020 yil 1 yanvardan boshlab 2020 yil 15 maygacha bo‘lgan muddatda yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha hisoblangan penya va jarimalardan voz kechiladdi.

Tadbirkorlar uchun tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) olib kirishda (import) qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashni 120 kungacha kechiktirish huquqi beriladi. 

2020 yil 1 maydan 1 iyulgacha mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizgacha pasaytiriladi. 

Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan davlat korxonalari va yuridik shaxslar bundan mustasno.

Mikrofirma va kichik korxonalarning aylanma mablag‘lari kamayishining oldini olish maqsadida:

  • 2020 yil 15 may holatiga soliq qarzlari va soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun penya va hisoblangan jarimalar bo‘yicha qarzdorliklarini undirish 2020 yil 1 sentyabrgacha to‘xtatiladi.
  • Davlat soliq xizmati organlari 2020 yil 15 may holatiga ularning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini o‘tkazish va yechib olish bo‘yicha inkasso topshiriqnomalarini qaytarib oladi.
  • Soliq to‘lovchilar 15 may holatiga bajarilmagan soliq majburiyatlarini bajarish bo‘yicha to‘lov topshiriqnomalarini qaytarib olish huquqiga ega.

1 iyundan boshlab qo‘shimcha ravishda 14 yoshgacha farzandi bo‘lgan, 2 yoshgacha bola parvarishi uchun va moddiy yordam oluvchi oilalarga ajratiladigan ijtimoiy yordam pullari oluvchilar 10 foizga oshiriladi.

Foto: Moliya vazirligi
Foto: Moliya vazirligi
Ko‘proq yangiliklar: