15 maydan 15 avgustgacha CLICK'ning muayyan toifadagi hamkorlari uchun komissiya miqdori 0% ni tashkil etadi. Komissiya to‘lovini bekor qilish uchun kompaniya hamkorlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomaga yangi onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.
Dunyo bo‘ylab tarqalgan pandemiya biznesning barcha toifalariga kuchli ta'sir o‘tkazmoqda, ayniqsa kichik va o‘rta biznesdagi tadbirkorlarga. Respublikaning yirik to‘lov provayderlaridan biri bo‘lgan CLICK asosiy vazifasi hamkorlariga biznes-qo‘llab-quvvatlash, xarajatlarni kamaytirish va ushbu murakkab davrda ish o‘rinlarni saqlab qolishga yordam beradigan dasturni ishga tushirmoqda.
Kompaniya 15 maydan 15 avgustga qadar hisobni chiqarish, to‘lovlarni Telegram-bot yoki QR-kod orqali amalga oshirayotgan hamkorlari uchun komissiya to‘lovini bekor qilmoqda. Ya'ni qabul qilingan to‘lovlar uchun komissiya, UzCard va Humo stavkalarini hisobga olgan holda, 0% ni tashkil etadi.
0% komissiya quyidagi toifadagi bizneslar uchun amal qiladi:
- dorixonalar;
- taom yetkazib berish xizmatlari;
- oziq-ovqat do‘konlari va supermarketlar;
- kiyim-kechak va boshqa mahsulotlar do‘konlari;
- xizmatlar sohasi;
- HoReCa;
- va QR-kodi orqali to‘lovni qabul qiladigan boshqa chakana savdo tarmoqlari.
Koronavirus infeksiyasining tarqalishi davrida masofaviy to‘lovlarni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega, chunki naqd pul xavf manbai bo‘lishi mumkin.
Aksiyada ishtirok etish uchun kompaniyaning mavjud va yangi hamkorlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomaga yangi onlayn ro‘yxatidan o‘tishlari va merchant.click.uz/online-signup veb-saytida ofertani qabul qilishlari kerak.
CLICK kompaniyasi o‘z hamkorlariga tovar va xizmatlari uchun to‘lovlarni qabul qilishning zamonaviy va qulay usullarini taqdim qilmoqda. Bunda ta'kidlash lozimki, CLICK tizimida to‘lovlarni turli interfeyslar orqali amalga oshirish mumkin: USSD, Telegram-bot, CLICK Evolution mobil ilovasi va veb-interfeys orqali. Maxsus «CLICK dlya Partnerov» («Hamkorlar uchun CLICK») mobil ilovasi esa bizning hamkorlarimizga amaliyotlar bo‘yicha axborotni operativ olishga, hisoblarni chiqarishga va turli boshqa imkoniyatlarni taqdim qiladi.
CLICK sizni va biznesingizni qo‘llab-quvvatlaydi. Birgalikda biz har qanday qiyinchiliklarni yengishimiz mumkin!
Batafsil ma'lumot uchun quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qiling:
+99871 202-88-80
+99897 133-30-88
+99897 133-20-88
+99897 002-60-88
+99897 133-50-88
Reklama huquqi asosida