Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarilishni boshladi

Iqtisodiyot 11:20 / 11.05.2020 25054

Markaziy bank xorijiy valutalarning 12 maydan yangi kursini e'lon qildi.

Unga ko‘ra dollarning rasmiy kursi 7,81 so‘mga ko‘tarilib, bir dollar 10137,20 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 139,39 so‘mga tushib, 10988,72 so‘mga teng bo‘ldi.

Rubl kursi ham 3,46 so‘mga qimmatlashgan va 1 rubl 138,26 so‘mni tashkil etgan.

15 aprel kuni O‘zbekistonda AQSh dollarining rasmiy kursi keskin ko‘tarilib, 10 ming so‘mlik nuqtadan o‘tgan, 21 aprel kuni ham rasmiy kurs o‘sishi davom etgandi. 28 aprelda esa rasmiy kurs tusha boshladi. 4 mayda ham tushish davom etgandi.

Ko‘proq yangiliklar: