O‘zbekiston Moliya vazirligi va Markaziy banki 2020 yil 8 may kuni “O‘zbekiston respublika valuta birjasi” aksiyadorlik jamiyati (O‘zRVB)ning savdo tizimida davlat qimmatli qog‘ozlar (DQQ) birlamchi joylashtirilishini e'lon qildi.
Qayd etilishicha, joylashtirish usuli O‘zRVB savdo tizimida auksion orqali ochiq sotuvdan iborat. Emitent Moliya vazirligi, bir dona majburiyatning nominal qiymati: 1 000 000 so‘m.
Davlat qimmatli qog‘ozlarining chiqarilish hajmi 100 milliard so‘m, muomala davri 91 kun. Majburiyatlarning so‘ndirish sanasi - 2020 yil 7 avgust.
Ta'kidlanishicha, auksion savdolarida raqobatsiz buyurtmanomalar qabul qilinmaydi, bitimlar qiymatini yaxlitlash - matematik yaxlitlash usuli bilan verguldan keyin ikkita belgigacha.