Avtomobil va havo transportida mahsulotlar eksporti uchun subsidiyalar taqdim etiladi - Prezident qarori

Iqtisodiyot 20:35 / 07.05.2020 12633

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 24 maydagi PQ–4337-son «Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sug‘urta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qaroriga muvofiq, joriy etilgan mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarini 50 foizigacha miqdorda kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etish mexanizmi mahsulotlarni avtomobil va havo transportida eksportga tashishga ham tatbiq etilmoqda.

Eksport qilishda avtomobil, temir yo‘l va havo transportida tashish xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadigan mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlangan.

Respublika hududlari va tarmoqlari eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi respublika komissiyasiga (rahbari S.Umurzoqov) quyidagi vakolat berilmoqda:

  • eksport qilishda transport xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar taqdim etiladigan mahsulotlar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
  • subsidiyalar taqdim etish shartlari va miqdorlarini belgilash, tartibini tasdiqlash;
  • mahsulot turi, hajmi va eksport yo‘nalishiga qarab subsidiyaning qat'iy miqdorlarini belgilash.

Respublika eksport komissiyasi bir hafta muddatda mahalliy eksport qiluvchi korxonalarga mahsulotlarni eksport qilishda, shu jumladan 2020 yil 1 apreldan buyon amalga oshirilgan eksport bo‘yicha avtomobil, havo va temir yo‘l transportida tashish xarajatlarini qisman kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etish tartibini tasdiqlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan eksport operatsiyalari bo‘yicha olib o‘tilayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan joriy qilingan barcha turdagi majburiy to‘lovlar va ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorligi mavjudligini tekshirish amaliyoti 2021 yil 1 yanvarga qadar bekor qilinmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: