Markaziy bank 4 maydan valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra dollarning rasmiy kursi 0,61 so‘mga tushib, bir dollar 10129,39 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 164,45 so‘mga ko‘tarilib, 11125,11 so‘mga teng bo‘ldi.
Rubl kursi ham 0,84 so‘mga arzonlagan va 1 rubl 134,80 so‘mni tashkil etgan.
Qayd etish kerakki, so‘nggi haftalarda dollarning rasmiy kursi ketma-ket oshayotgandi. 15 aprel kuni O‘zbekistonda AQSh dollarining rasmiy kursi keskin ko‘tarilib, 10 ming so‘mlik nuqtadan o‘tgan, 21 aprel kuni ham rasmiy kurs o‘sishi davom etgandi. 28 aprelda esa rasmiy kurs tusha boshladi.