Toshkentdan Sardobaga yuborilayotgan yordam hajmi keragidan oshib ketdi. Shahar hokimligi hozircha to‘xtab turishni so‘radi

Jamiyat 18:29 / 03.05.2020 32388

Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Kun.uz’ga xabar berishicha, so‘nggi kunlarda Toshkent shahridan va respublikaning boshqa hududlaridan Sirdaryoga kelayotgan yordam hajmi keragidan oshib ketgan. 

Ayni vaqtda shaharda sirdaryoliklar uchun mahsulotlar olib kelayotgan ko‘ngillilar uzundan uzun navbatlar hosil qilishgan, yo‘llarda tirbandliklar yuzaga kelmoqda. Shu vaqtgacha to‘plangan mahsulotlar taqsimlanib, yuborilishi va qabul qilib olinishiga ham vaqt talab etiladi.

Sirdaryoda ham turli hududlardan kelayotgan yordamlar haddan tashqari ko‘p to‘plangani tufayli ularni taqsimlashda qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda. 

Ehtiyojdan ortiqcha mahsulotlar to‘planishi esa isrofgarchilikka sabab bo‘lmoqda. 

Ta'kidlanishicha, ayni vaqtda kiyim-kechak, ko‘rpa-to‘shak va uy-ro‘zg‘or buyumlari, dori-darmon hamda sanitariya va gigiyena  vositalari yetarli darajada yetkazilgan. Hozirda Sirdaryoda suv toshqinidan aziyat chekkan vatandoshlarda ushbu yordamga ehtiyoj qolmagan. 

Shahar hokimi shahar aholisiga xayriya ishlarida qo‘shgan hissasi uchun o‘z minnatdorligini bildirdi va bundan keyin xayriya ishlari moddiy yordam ko‘rinishida amalga oshirilishi mumkinligini ma'lum qildi.

Moddiy yordam bermoqchi bo‘lganlar quyidagi raqamlar orqali pul o‘tkazishlari mumkin: 

1. Yuridik shaxslar uchun 
23120000900001172001
MFO 01172
Poytaxt bank

2. Jismoniy shaxslar naqd pul o‘tkazishlari uchun
23116000400001172001

3. Payme va Click orqali pul o‘tkazmalar uchun 
6262962209799486
Poytaxt bank

Ko‘proq yangiliklar: