Sirdaryoliklarga tadbirkor va korxonalarning beg‘araz ko‘magi yetkazilmoqda

Jamiyat 23:00 / 03.05.2020 4954

Kun.uz'ga ma'lum bo‘lishicha, korxona tomonidan umumiy qiymati 83 million so‘mga teng 5 tonna yog‘, 2 tonna makaron va 2 tonna guruch va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari Sirdaryo viloyati Guliston shahriga joylashtirilgan aholiga yetkazib berilgan.

Bundan tashqari, «Olmaliq KMK» AJ rahbariyati tomonidan kombinat tarkibidagi Jizzax sement zavodi kareridan 2600 tonnadan ortiq harsangtosh yuk mashinalarida yuborildi. Bundan tashqari, falokat oqibatlarini bartaraf etish uchun 45 nafar muhandis texnik xodimlari safarbar etilib, 16ta avtosamosval, 4ta buldozer, 4ta ekskovator, 5ta yuklovchi(pogruzchik), 3dona maxsus texnika, 2ta burg‘ulash uskunalari jo‘natilgan.

Shuningdek, falokat natijasida evakuatsiya qilingan aholi uchun 6 tonna guruch, 2000 kg asal, 1000 kg asal, 1000kg quritilgan mevalar, 10 000 dona tuxum, 1000 litr o‘simlik yog‘i, 1000 kg tvorog, 1000 litr kefir kabi oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat insonparvarlik yordami ham yuborildi.

Ko‘proq yangiliklar: