SSV: Koronavirus pandemiyasi davrida tez tibbiy yordam xizmatiga qariyb 1,5 mln marta murojaat bo‘lgan

Jamiyat 20:39 / 30.04.2020 6237

«Ushbu brigadalar pandemiya davrida koronavirus infeksiyasiga gumonlangan insonlarni karantinga joylashtirish, ushbu kasallikka chalingan bemorlarni maxsus shifoxonalarga yetkazishda kecha-yu kunduz faoliyat yuritishmoqda. Bundan tashqari, aholi tomonidan yo‘llangan chaqiriq manzillariga o‘z vaqtida yetib borish, zarur tez tibbiy yordam ko‘rsatish, og‘ir bemorlarni shifoxonalarga yetkazish borasida ham samarali ish olib borishmoqda.

Shu bois, davlatimiz rahbari kecha o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida ham pandemiyaga qarshi kurashning oldingi saflarida chinakam qahramonlik ko‘rsatayotgan barcha shifokorlarimizga, shu jumladan, tez yordam xizmati xodimlari va haydovchilariga alohida minnatdorchilik bildirdilar.

Ayni paytda avtomobillar parkining kengayishi, tez yordam brigadalari dislokatsiyasi qayta ko‘rib chiqilib, aholi yashash punktlariga yaqinlashtirilishi tufayli chaqiriqlarga kechikib borish kabi qator muammolar ham bartaraf etildi.

Oxirgi uch yil ichida tez tibbiy yordam xizmatiga ajratilayotgan mablag‘ ham bir necha barobar oshdi. Jumladan, bitta chaqiriqqa tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida ishlatiladigan dori vositalari uchun sarflangan mablag‘ning narxi 2016 yilda 800 so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lsa, hozirda ushbu ko‘rsatkich 5800 so‘mni tashkil qilmoqda.

O‘tgan yil so‘ngida poytaxtimizga xorijdan 150ta Ford rusumidagi eng zamonaviy reanimobillar olib kelinib, foydalanishga topshirilganini ham alohida qayd etish lozim. Barcha qulayliklarga ega ushbu mashinalar tez tibbiy yordam xizmatiga topshirilishi, moddiy–texnik bazani mustahkamlanayotganligi bu mamlakatimizda ushbu soha mutlaqo yangi innovatsion, sifat jihatdan yuksak, barcha xalqaro talablarga to‘liq javob beruvchi tizimga o‘tganidan dalolatdir», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: