Toshkentda «Gazel» va yuk mashinasi to‘qnashdi, bir kishi halok bo‘ldi

Jamiyat 14:55 / 28.04.2020 11674

27 aprel kuni soat 11:30larda, Toshkent shahar, Uchtepa tumani, THAY ko‘chasi “UZNEFTGAZ” AYoQSh qarshisida haydovchi, 1970 y.t. A.K. “GAZ-322132” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan bo‘lgan.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u asosiy yo‘ldan harakatlanib kelayotgan haydovchi, 1965 y.t. B.X. boshqaruvidagi Hyundai porter rusumli yuk transport vositasiga yo‘l bermaganligi oqibatida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv natijasida, Hyundai porter rusumli yuk transport vositasi haydovchisi B.X. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

“Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari, karantin vaqtida zaruratsiz ko‘chaga chiqmasligingizni, zarurat bilan chiqqan vaqtingizda ham “Yo‘l harakati qoidalari”ga amal qilishingizni so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.

Ko‘proq yangiliklar: