Koronovirus pandemiyasi oqibatlarini yumshatish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, farmatsevtika sohasidagi shoshilinch loyihalarni uzluksiz moliyalashtirish, shuningdek eksport qiluvchilar uchun aylanma mablag‘larni to‘ldirish maqsadida Agrobank va VTB Bank (Europe) SE savdoni moliyalashtirish sohasida kelishuv imzoladilar.
Shartnomaga muvofiq, Germaniya banki tomonidan O‘zbekistonga import va eksport operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun kredit resurslari taqdim etiladi.
Bu, o‘z navbatida, Agrobank mijozlariga o‘z faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga, yangi ish o‘rinlarini yaratishga imkon beradi.
Sayt: www.agrobank.uz
Telegram: t.me/AgrobankChannel
Instagram: @Agrobank_uz
Facebook: fb.com/AgrobankUzbekistan
«Agrobank» ATB matbuot xizmati
Reklama huquqi asosida