Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Iqtisodiyot 12:44 / 27.04.2020 41658

Markaziy bank 28 apreldan valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra dollarning rasmiy kursi 7,49 so‘mga tushib, bir dollar 10130 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 65,36 so‘mga pasayib, 10960,66 so‘mga teng bo‘ldi.

Rubl kursi ham 1,38 so‘mga arzonlagan va 1 rubl 135,64 so‘mni tashkil etgan.

Qayd etish kerakki, so‘nggi haftalarda dollarning rasmiy kursi ketma-ket oshayotgandi. 15 aprel kuni O‘zbekistonda AQSh dollarining rasmiy kursi keskin ko‘tarilib, 10 ming so‘mlik nuqtadan o‘tgan, 21 aprel kuni ham rasmiy kurs o‘sishi davom etgandi.

Ko‘proq yangiliklar: