Zangiotada YTH natijasida piyoda vafot etdi

Jamiyat 12:49 / 25.04.2020 8237

2020 yil 17 aprel kuni soat 23:50larda, noma'lum haydovchi noma'lum avtomashinasida Toshkent viloyati Chinoz tumani hududidan Toshkent shahar tomon harakatlanib, Zangiota tumani Turkiston mahallasidan o‘tgan M-39 yo‘li 818-kilometri avtomobil qatnov qismida 33 yoshli fuqaro V.R.ni urib yuborib, hodisa joyidan yashiringan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda V.R. hodisa bo‘lgan joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan noma'lum shaxsga nisbatan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) va 117-moddasi 2-qismi (Xavf ostida qoldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashovchi 26 yoshli A.Sh. o‘z boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Ko‘proq yangiliklar: