Google O‘zbekistonda QQS to‘lashni boshladi

Iqtisodiyot 12:19 / 24.04.2020 26574

Soliq kodeksi bilan 2020 yildan boshlab O‘zbekiston hududida jismoniy shaxslarga xizmatlarni elektron shaklda taqdim etadigan xorijiy kompaniyalari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) to‘lash joriy etildi.

DSQ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mamlakatda bunday kompaniyalarni ro‘yxatga olish uchun Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan maxsus xizmat – Internet-kompaniyalarning QQS-ofisi –  http://tax.uz yaratildi.

Bugungi kunga qadar QQS-ofis orqali O‘zbekistonda 9 ta xorijiy kompaniyalar ixtiyoriy soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. 

Ular:

Google Commerce Limited;
Google Ireland Limited;
Google Voice Inc;
Apple Distribution International Limited;
Netflix International B.V.;
Samsung Electronics Co., Ltd.;
Sleverbridge AG;
Xsolla (USA), Inc.;
Activision Blizzard International BV.

QQS bo‘yicha birinchi to‘lov Google Commerce Limited kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi. Kompaniya joriy yilning I choragi yakunlariga ko‘ra davlat budjetiga 85 ming yevro miqdorida mablag‘ to‘ladi.

“Ixtiyoriy ro‘yxatdan o‘tish, chet el korxonalari (kompaniyalar) o‘z imijiga putur yetkazmaslik bilan bir qatorda hududida pullik xizmat ko‘rsatayotgan davlatning qonunlarini hurmat qilishlarini bildiradi.

Hozirda mamlakatimizda ham elektron tijorat tezkorlik bilan rivojlanayotganligini inobatga olib, bunday ixtiyoriy ro‘yxatdan o‘tish va soliqlarni to‘lash mahalliy tadbirkorlar uchun ham yaxshi namuna bo‘ladi.

Davlat soliq qo‘mitasiga QQS-ofisi orqali ro‘yxatdan o‘tish uchun xorijiy kompaniyalardan arizalar kelib tushishi davom etmoqda”, - deyiladi qo‘mita xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: