Andijonlik tadbirkor «Saxovat va ko‘mak» harakatiga qo‘shilib 300 ta oilani homiylikka oldi

Jamiyat 19:31 / 23.04.2020 5089

Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash viloyat boshqarmasi huzuridagi Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi omboriga yosh tadbirkor Abdullo Madaminov tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari keltirildi.

Sinovli kunlarda tadbirkor 300ta oilani qo‘llab-quvvatlashni zimmasiga oldi. Tadbirkor tomonidan homiylik asosida qilingan xayriyalar ehtiyojmand oilalarga tarqatilmoqda.

Viloyatda «Saxovat va ko‘mak» umumxalq harakatini 100 nafardan ortiq yosh tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlamoqda, ular 10 tadan 500 tagacha bo‘lgan oilalarni o‘z qaramog‘iga olish ishlarini allaqachon boshlab yubordilar. 

Ko‘proq yangiliklar: