Joriy yilning 20 aprel kuni soat 21:45larda, Qashqadaryo viloyati, Muborak tumani hududidan o‘tgan A380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 121-km.da yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1988 y.t. Sh.S. “Spark” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, yo‘lning qarama-qarshi bo‘lagiga chiqib harakatlanishi oqibatida, qarshisidan harakatlanib kelayotgan haydovchi, 1979 y.t. D.X. boshqaruvida bo‘lgan “MMZ554” rusumli yuk transport vositasi bilan to‘qnashib, YTH sodir etgan.
Natijada, “Spark” rusumli transport vositasi haydovchisi Sh.S. tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan.
Joriy yilning 21 aprel kuni soat 02:00larda Surxondaryo viloyati, Boysun tumani, Temirdarvoza mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 “Olmaota-Bishkek-Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining 1334-km.da ham YTH ro‘y berdi.
Haydovchi, 1997 y.t. S.P. “Neksiya” rusumli transport vositasida “Termiz-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotib, ushbu yo‘nalish bo‘yicha o‘zidan oldinroqda yo‘lda bir necha bosh qo‘ylarni haydab ketayotgan piyoda, 1992 y.t. A.Q. va unga tegishli bo‘lgan 21 bosh qo‘ylarni hamda 10 bosh qo‘zilarini urib yuborib YTH sodir etgan.
Natijada, piyoda A.Q. og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan.
Ushbu holat yuzasidan tuman IIB TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari, karantin vaqtida zaruratsiz ko‘chaga chiqmasligingizni, zarurat bilan chiqqan vaqtingizda ham “Yo‘l harakati qoidalari”ga amal qilishingizni so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.