«O‘zbekiston pochtasi» xalqaro aviapochta jo‘natmalari yuborilishini qisman tikladi

Jamiyat 07:59 / 21.04.2020 2867

«O‘zbekiston pochtasi» 2020 yil 20 apreldan boshlab xalqaro aviapochta jo‘natmalari yuborilishini qisman tikladi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar bermoqda

O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi bo‘yicha e'lon qilingan karantin rejimi vaqtida 20 martdan boshlab «O‘zbekiston pochtasi» yuboriladigan pochta jo‘natmalarini yer usti transporti orqali boshqa davlatlarga yuborayotgan edi.

Bildirilishicha, hozirda 38 ta davlatga xalqaro aviapochta jo‘natmalarini qabul qilish boshlandi. 

“Jo‘natmalar yuk tashishni amalga oshiruvchi aviaqatnovlar orqali joriy yil 20 apreldan 1 iyungacha dunyoning 38 davlatiga Extra tarif rejasi asosida xalqaro aviapochta jo‘natmalarni yetkazib berilishi yo‘lga qo‘yildi”, - deyilgan ma'lumotda.

Bundan oldin, «O‘zbekiston pochtasi» mamlakat ichida pochta jo‘natmalari yetkazib berishni davom ettirishi xabar qilingandi

Ko‘proq yangiliklar: