Ertaga, 21 aprel kuni Sergeli tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 21 aprel kuni soat 07:00 dan 23:00 qadar Sergeli tumanidagi «Istiqbol» nimstansiyasida ta'mirlash ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan tumandagi yangi qurilgan 8, 9- uchastkalardagi ko‘p qavatli aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi ta'minoti vaqtinchalik o‘chiriladi.