Farg‘onada velosipedchining o‘limi bilan yakunlangan YTH sodir bo‘ldi

Jamiyat 10:02 / 20.04.2020 8061

Joriy yilning 13 aprel kuni E.M. boshqaruvida bo‘lgan “VAZ-2102” rusumli avtomashinani Beshariq tumani Farovon ko‘chasida boshqarib ketayotgan bo‘lgan.

Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, u velosipedchi M.B.ni urib yuborgan. Oqibatda, B.M. tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Hurmatli haydovchilar! Yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslik orqali o‘zingiz va boshqa fuqarolar hayotiga zomin bo‘lishingiz mumkinligini esdan chiqarmang. Yo‘l harakati qoidalariga amal qiling”, - deyiladi ma'lumotda.

Ko‘proq yangiliklar: