Nodir kinofilmlar onlayn namoyish etiladi

Jamiyat 13:09 / 17.04.2020 6534

Joriy yilning aprel, may, iyun oylarida Toshkent zamonaviy san'at markazi Markaziy Osiyo kinorejissyorlarining nodir kinoasarlarini onlayn tomosha uchun taqdim etadi. Bu haqida Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi xabar bermoqda.

Markazning Tashkent Film Encounters yangi loyihasi turli yo‘nalishlarda faoliyat olib boruvchi xalqaro mualliflarning o‘zaro hamkorligini nazarda tutadi. San'atning turli yo‘nalishidagi xalqaro ekspertlar O‘zbekiston poytaxtida uchrashib, mahalliy san'at vakillari bilan fikr almashadilar. Tashkent Film Encounters’ning har bir qismi muayyan mavzuga bag‘ishlanib, dastur doirasida munozaralar, ma'ruzalar, ko‘rgazmalar, spektakllar va mahorat darslari tashkil etiladi.

Loyihaning ilk dasturi Markaziy Osiyo zamonaviy kinosiga bag‘ishlangan. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston rejissyorlari o‘z muallifliklaridagi zamonaviy kino klassikasiga aylangan filmlarni namoyish etishadi. Loyiha tomoshabinlarga 90-yillarning boshlaridan hozirgi kungacha kino evolyutsiyasini kuzatishga imkon beradi.

Bugun, 17 apreldan boshlab start oladigan kinotaqdimot doirasida ochiq foydalanishda bo‘lmagan original filmlarni yuqori sifatda tomosha qilish mumkin. Kinotaqdimotni Yusuf Roziqovning “Voiz” (Orator) filmi boshlab beradi.

Foto: ccat.uz
“Voiz” filmidan lavha

Kinotaqdimotlar dasturi:

17-24 aprel – “Voiz”

24 aprel-1 may – “Kosh ba kosh”

1-8 may – “Uch og‘a-ini”

8-15 may – “Selkinchek”

15-22 may – “Kardiogramma”

22-29 may – “Asalari uchganda”

29 may – 5 iyun – “Osmondagi bolalar”

5-12 iyun – “Janubiy dengizlar qo‘shiqlari”

12-19 iyun – “Fellini”.

Filmlarni Toshkent zamonaviy san'at markazining rasmiy sahifasida (ccat.uz) onlayn tomosha qilish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: