Rossiyadagi o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatish uchun «Saxovat» markazi tashkil etildi

Jamiyat 12:56 / 16.04.2020 21329

«Biz COVID-19 pandemiyasi davrida Moskva va Moskva viloyatida yashovchi og‘ir hayot sharoitlariga tushib qolgan o‘zbekistonlik fuqarolar va ularning oila a'zolariga yordam beramiz. Bizning maqsadimiz - fuqarolarni asosiy oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami va dori-darmon bilan bepul ta'minlash», deyiladi markaz xabarida.

16 apreldan boshlab «Saxovat» yordam markazi saxovat.rf  portali orqali va markazning Facebook sahifasida yordam so‘rovnomalarini qabul qilishni boshlaydi.

Markazning xodimlari Moskva va Moskva viloyatida yashovchi muhtoj o‘zbekistonlik fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlarni manzillariga yetkazib berishni rejalashtirishmoqda.

Birinchi navbatda, ayollarga, qariyalarga, nogironlar va yosh bolalarga yordam ko‘rsatilishi aytilgan.

Bundan tashqari, markaz +79167977772 «ishonch telefoni» orqali yurtdoshlarga bepul axborot-huquqiy yordam ko‘rsatadi.

«Siz ham hissa qo‘shmoqchi bo‘lsangiz: bank pul o‘tkazmalari (sahifa bu yerda) orqali Rossiyada bo‘lgan vatandoshlarimizga yordam berishingiz yoki «Saxovat» yordam markazining volontyori bo‘lishingiz mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: