Nogironlik nafaqasi olish muddati tugaydigan fuqarolarga nafaqa puli to‘lash davom etadi

Jamiyat 13:35 / 16.04.2020 5816

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Habibulla Oqilov AOKAda o‘tkazilgan brifingda savollarga javob berdi.

Uning ma'lum qilishicha, karantin davrida nafaqa olish uchun qayta ko‘rikdan o‘tishi zarur bo‘lgan nogironligi bor fuqarolarga nafaqa to‘lash muddatlari uzaytirib beriladi.

«Sog‘liqni saqlash vazirligini tomonidan karantin davrida nafaqa olish muddati tugaydigan fuqarolarning nafaqa olish muddatlari uzaytirilgan. Shuning uchun fuqarolar qayta ko‘rikdan o‘tishiga ehtiyoj yo‘q. Ularga nafaqa puli o‘z vaqtida to‘lashda davom etiladi», deya ta'kidladi vazirlik vakili.

Bundan tashqari, davolanishi zarur bo‘lgan fuqarolarga oilaviy poliklinikalarda, shuningdek, «Tez yordam» orqali xizmat ko‘rsatish davom etishi ham aytib o‘tildi.

«Shuningdek, Toshkent shahridagi quloq, tomoq, burun kasalliklari bor fuqarolarga 4-shahar kasalxonasiga murojaat qilish tavsiya etiladi», deya qayd etdi vazirlik vakili. 

Ko‘proq yangiliklar: