Arnasoydagi janjal: baliqchilik brigadasi ishchisi brakonerlarni kaltakladi

Jamiyat 10:50 / 16.04.2020 10905

Arnasoy tumani Chinobod mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 1992 yil tug‘ilgan T.J. va mahalladoshi 1985 yil tug‘ilgan O‘.K. tuman tibbiyot birlashmasidan birinchi tibbiy yordam olgan. 

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, bu haqida tuman tibbiyot birlashmasi hamshirasi Forish tumani ichki ishlar bo‘limiga xabar bergan.

Ma'lum bo‘lishcha, Paxtakor tumani, Toshkent mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi, MChJ baliqchilik brigadasi ishchisi, 1982 yil tug‘ilgan U.T. fuqarolar T.J. va O‘.K.larni ish joyiga qarashli bo‘lgan hududda baliq tutganliklari uchun kaltaklagan. 

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan ichki ishlar xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: