Tonirovkali Captiva haydovchisi avtomat ko‘tarib yurgani aks etgan video tarqaldi

Jamiyat 20:37 / 15.04.2020 82074

Instagram’da tarqalgan videoda tonirovka qilingan Captiva’ning oynasidan avtomat ko‘zga tashlanadi. Ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkazilgan surishtiruv davomida ushbu avtomatning o‘yinchoq qurol bo‘lgani aniqlandi.

YHXBB tarqatgan videoda ushbu shaxs deputatning o‘g‘li ekani, Bekobod shahrida tug‘ilgan bo‘lib, ayni paytda Buyuk Britaniyaning London shahrida tahsil olishi ma'lum qilingan.

Cobalt haydovchisi esa shu yilning 7 yanvar kuni Toshkent yo‘llaridagi xurmacha qiliqlarini tasvirga olgan. Bu ham yetmaganday, 21 yanvar kuni do‘sti bilan birgalikda Captiva hamda Malibu rusumli avtomobillarda poyga uyushtirgan. Ushbu videolar shu kunlarda Instagram’ga joylangandan keyin ichki ishlar organlari ularning iziga tushgan.

Aniqlanishicha, poygada qatnashgan Malibu haydovchisi avtomobil boshqarish huquqini beruvchi guvohnomaga ega bo‘lmasdan rulga o‘tirgan.

Ayni paytda Cobalt, Captiva va Malibu mashinalari jarima maydonlariga joylashtirilgan. Ularning haydovchilari esa Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilgan.

Ko‘proq yangiliklar: