Chorshanba kuni 1 yevro qiymati 88 so‘mga oshib, 10554 so‘mni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, birjada dollar kursi 2 aprel kuni 9600 so‘mdan oshgandi.
Ayni paytda O‘zbekiston banklarida xarid kursi 9680-9720 so‘m oraliqda (bankomatlarda 9400-9700). Aksariyat banklarda 1 dollar 9750 so‘mdan sotilmoqda, bu – bir hafta avvalgidan 100 so‘mga qimmat.
Markaziy bank 7 apreldan dollarning rasmiy kursini 9590,10 so‘m etib belgilagan.