Fransiyada noma'lum shaxs odamlarga pichoq bilan hujum qildi. Ikki kishi halok bo‘ldi

Jahon 00:44 / 05.04.2020 6588

Mahalliy vaqt bilan soat 11:00 atrofida noma'lum shaxs tamaki do‘koniga kirib uning egasiga pichoq bilan hujum qilgan. Do‘kon egasi bo‘lgan eriga yordamga shoshilgan ayol ham noma'lum kimsaning pichoq zarbidan jabrlangan. Keyinchalik go‘sht do‘koniga yo‘l olgan shaxs u yerdan yana bitta pichoq olib odamlarga tashlanadi. Hujumga uchragan xaridorlardan biri voqea joyida halok bo‘lgan.

Politsiya qo‘lga olishga kelganida odamlarga hujum qilgan shaxs o‘zini 1987 yil tug‘ilgan sudanlik deb tanishtiradi. U politsiyaga qarshilik qilmay o‘zini o‘ldirishlarini so‘raydi. Politsiya sudanlik ekanini aytayotgan jinoyatchining shaxsini aniqlashtirmoqda. Ish yuzasidan Lion politsiyasi surishtiruv olib borayapti.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron halok bo‘lganlarning oila a'zolariga hamdardlik birdirdi va bu voqea qanday sodir bo‘lganiga oydinlik kiritilishini aytdi: «Mamlakat shundog‘am qiyin kunlarni boshdan o‘tkazayotgan vaqtda Roman-syur-Izerada sodir bo‘lgan voqea qurbonlarining oila a'zolariga hamdardlik bildiraman», deb yozdi Makron tvitterdagi sahifasida.

Qurolli hujum oqibatida kasalxonaga olib ketilgan 7 kishining 2 nafari og‘ir ahvolda ekani aytilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: