Zarur oziq-ovqat va tibbiy-gigiyenik vositalar importi nol qiymatda soliqqa tortiladi -  Prezident farmoni

O‘zbekiston 19:23 / 03.04.2020 11300

Prezident farmoni bilan koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyat ko‘rsatishining barqarorligini ta'minlash, shuningdek, ayrim xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qator chora-tadbirlar tasdiqlangan.

Xususan, aholi uchun zarur birlamchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hamda ayrim turdagi tibbiy-gigiyenik vosita tovarlarni joriy yil 31 dekabrga qadar import qilishda bojxona boji va aksiz solig‘ining nol stavkalari belgilandi.

Tarif va notarif tartibga solish kengashi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda kichik tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan mahsulot ishlab chiqarishda foydalanish uchun olib kiriladigan xomashyo, materiallar, aksessuarlar va butlovchi qismlarning narxini pasaytirishga alohida e'tibor qaratgan holda, tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritishi nazarda tutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: