Jahon banki Innovatsion rivojlanish vazirligining koronavirusga qarshi kurashish ilmiy loyihalarini moliyalashtiradi

O‘zbekiston 13:32 / 03.04.2020 4401

Innovatsion rivojlanish vazirligi Jahon banki vakillari bilan onlayn muloqot o‘tkazdi. Vazirlik axborot xizmati Kun.uz’ga xabar berishicha, unda Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov va vazirlik mutasaddilari, Jahon bankining Loyihalar rahbarlari hamda xususiy sektor bo‘yicha mutaxassis Gauxar Ospanova ishtirok etgan.

Vazirlik ma'lumotiga ko‘ra, tomonlar O‘zbekistonda ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish loyihasini amalga oshirish masalalarini muhokama qilishgan. 

Mazkur loyiha amaliy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan. 

Onlayn muloqot davomida loyihani amalga oshirish uchun avans mablag‘larini taqdim etish uchun shartnoma imzolash to‘g‘risida muzokaralar olib borilgan. 

Shuningdek, koronavirus pandemiyasi munosabati bilan avans mablag‘laridan Covid-19 koronavirusiga qarshi kurash va uning oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan loyihalarga sarflash masalasi muhokama etildi.

«Onlayn muloqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha konsepsiyani 2020 yilning may oyigacha tayyorlashga kelishib olindi», deyiladi xabarda.

Jahon banki koronavirusga qarshi kurashga doir loyihalarni moliyalashtirishni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirgan.

Ko‘proq yangiliklar: