Avtomobillar harakati cheklanganda viloyatlararo pul o‘tkazmasi imkoniyati mavjudmi?
Karantin vaqtida pochta aloqasi orqali pul o‘tkazmalari tariflari 50 foizgacha arzonlashtirildi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ma'lumot berdi.

Respublika aholisini ushbu xavfdan himoya qilish, uni iqtisodiyot tarmoqlariga bo‘ladigan salbiy ta'sirini yumshatish bo‘yicha maxsus komissiya o‘rnatgan tartiblar amal qilmoqda. Avtotransport vositalari harakatining cheklanishi hududlararo pul o‘tkazmalariga talabni oshiradi.
Shularni inobatga olib, «O‘zbekiston pochtasi» aksiyadorlik jamiyati 2020 yil 30 aprelgacha respublikaning barcha hududlaridagi avtomatlashtirilgan pochta aloqasi obektlari orqali tez va oson elektron pul o‘tkazmalarini yuborish imkoniyatini yana qulay narxda taqdim etadi. Pul o‘tkazmalari tariflari 50 foizgacha arzonlashtirildi.
Markaziy bank axborot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, karantin davrida istalgan tijorat bank filiali orqali bank plastik kartasini ochib, pul o‘tkazmalarni karta orqali boshqarish mumkin.
Mavzuga oid

17:45 / 04.02.2025
Rossiyada migrantlarning pul o‘tkazmalaridan boj undirish taklif etildi

17:33 / 05.09.2023
To‘lov tashkilotlariga transchegaraviy pul o‘tkazmalari va xalqaro to‘lovlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish taqiqlandi

20:11 / 11.02.2023
Kartadan kartaga pul o‘tkazishda EHF rasmiylashtirish majburiy bo‘lyapti. Bu nega tanqidga uchradi?

18:15 / 13.05.2022