Toshkentda 1 apreldan issiqlik ta'minotini o‘chirish boshlanadi

Jamiyat 21:40 / 28.03.2020 9478

1 apreldan boshlab Toshkent shahrida isitish tizimi reja asosida o‘chiriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

«Joriy yilning 1 aprel kunidan boshlab havo haroratining ko‘tarilishi munosabati bilan Toshkent shahrida isitish tizimini reja asosida navbatma-navbat o‘chirish buyicha ishlar olib borilishini ma'lum qilamiz», — deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha ravishda ma'lum qilinishicha, issiq suv ta'minoti o‘chirilmaydi hamda uzluksiz va sifatli ta'minlanishiga barcha choralar ko‘riladi.

Ko‘proq yangiliklar: