Navro‘z Ashurmatov: Toshkentda taksi narxi tushishi kuzatildi

Jamiyat 20:53 / 28.03.2020 14406

– Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora sifatida Toshkentda jamoat transporti cheklangan edi. Shunda aholi o‘rtasida taksi bahosi ortib ketishi yuzasidan xavotirlar paydo bo‘ldi. Birinchi kuni chindan ham shunday vaziyat ro‘y berdi. 

Transport vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi bu kabi holatlarning oldini olish uchun yirik taksi kompaniyalari bilan muloqot olib bordi. Xususan Yandex kompaniyasining Moskvadagi vakolatxonasi bilan bog‘lanib, Yandex Taxi xizmatida narxlarning talabga ko‘ra oshib ketish funksiyasini o‘chirishga muvaffaq bo‘lindi. Xuddi shunday tushuntirish ishlari MY Taxi kompaniyasi bilan ham olib borildi. 

Hozirgi kunda karantin paytida fuqarolarimiz faolligi pasayganligi tufayli Toshkent ko‘chalarida taksi narxlarining tushishi kuzatilmoqda – dedi N. Ashurmatov sohadagi bugungi vaziyatni izohlarkan.

Ko‘proq yangiliklar: