Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi va saxiy tadbirkorlar tomonidan tashkil etilgan xayrli tadbir «Mingta ro‘zg‘or aksiyasi» deb nomlangan.
Aksiyaning ilk bosqichida Respublika Virusologiya ilmiy-tekshirish institutining shifokorlari va ularning oilalariga qiymati o‘rtacha 200 ming so‘mlik oziq-ovqatlar yetkazildi.
Aksiya homiylarining asosiy qismi – tadbirkorlardir.
Loyihaning keyingi bosqichida kam ta'minlangan oilalar va hech kimi yo‘q yolg‘iz insonlarga ham mana shunday bepul oziq-ovqatlar tarqatilishi rejalashtirilgan.