2022 yilda ish boshlagan Tashkent INDeX 72 gektar maydonni egallagan gigant bozor hisoblanadi. Kattaligi jihatidan Markaziy Osiyoda yetakchilardan bo‘lgan bozor hududi taqqoslanganda Toshkent xalqaro aeroportining terminali hududidan 1,5 barobar, Sergeli avtomobil bozoridan uch marta, Yangiobod bozoridan esa 5 marta katta. Tashkent INDeX faqat avtomobillar savdosiga mo‘ljallangan deganlar adashadi: turli savdo va ko‘ngilochar maskanlar, yirik savdo tarmoqlari, qurilish mollari bozori, dehqon bozori – barchasi bir joyda to‘plangan.
Joylashuv jihatidan shaharning turli nuqtalaridan oson yetib borish uchun avtobus, metro kabi barcha transport vositalari bilan borish qulay bo‘lgan Yangihayot tumani, Yangi Sergeli va Qipchoq ko‘chalari kesishuvida joylashgan bo‘lib, shahar markazidan bu yerga yetib kelish uchun atigi 15 daqiqa vaqt ketadi.
Tashkent INDeX – zamonaviy “mashina bozor”da nimalar boshqacha?
Tashkent INDeX avtomobil bozori haqiqatan ham avtomobil savdosi uchun yirik va qulay markaz. Bu yerda yangi va foydalanilgan avtomobillarni xarid qilish yoki sotish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Xaridorlar uchun keng tanlov, sotuvchilar uchun esa avtomobillarni tez va samarali sotish uchun maxsus xizmatlar va marketing vositalari mavjud.
Tashkent INDeX avtomobil bozori – bu nafaqat avtomobil sotish va xarid qilish joyi, balki har bir haydovchi uchun haqiqiy qulaylik markazi. Bu yerga kelganingizda, nafaqat vaqt va mablag‘ni tejaysiz, balki kerakli barcha xizmatlarni bir joyda hal qilishingiz mumkin. Bozorda avtomobil ixlosmandlari va haydovchilar uchun boshqa ko‘plab xizmatlar ham taqdim etiladi:
- Toshkent shahar IIBB YHXB ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘linmasi, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning hisobini olib borish, milliy davlat raqami belgilarini berish va ularni almashtirish.
- Texnik xizmat ko‘rsatish markazlari – avtomobilni texnik ko‘rikdan o‘tkazish, moy almashtirish va boshqa muhim qismlarni tekshirish uchun maxsus xizmatlar mavjud.
- Notarius xizmatlari – sotuv yoki xarid jarayonida kerakli hujjatlarni tez va oson rasmiylashtirish mumkin.
- Avtomobil sug‘urtasi – sug‘urtani shu yerning o‘zida rasmiylashtirib, avtomobilni bexavotir haydashni boshlash mumkin.
- Avtomobil ehtiyot qismlari va aksessuarlar do‘konlari – avtomobilingiz uchun ehtiyot qismlar yoki aksessuarlar kerak bo‘lsa, ular ham bu yerda mavjud.
- Avtomobil yuvish va tozalash xizmati – sotuvdan oldin yoki xariddan keyin avtomobilni yuvish va ichki qismini tozalash xizmati har doim qo‘l ostida.
- Test-drayv imkoniyati – xaridorlar mashinani sotib olishdan avval sinab ko‘rishlari mumkin, bu esa avtomobilning real holatini baholashga yordam beradi.
Bu yerda ishonchli avtomobil xarid qilish uchun texnik tekshiruvni amalga oshiradigan Intest texnik markazi bor. Turkiya texnologiyalari asosida olib boriladigan tekshiruvda avtomobildagi barcha kamchiliklarni aniqlash mumkin.
“O‘zbekistonga kelganimizga 6 oy bo‘ldi. 15 yil oldin biz bu ishni Turkiyada boshlagandik. Bu yerda bozorlarni o‘rganish jarayonida mashina oldi-sotdi jarayonida odamlarning aldanganini ko‘rdik. Va mahalliy aholida bu ishga ehtiyoj borligini bildik. Gaplarim noto‘g‘ri tushunilishini istamasdim, aldov holati faqat bu yerda emas, tabiiyki Turkiyada ham bo‘lgan, bo‘ladi ham. Va aynan shu muammolarni bartaraf etish uchun bu yerda ham ish boshladik.
Ya’ni siz mashina sotib olyapsiz, "Intest" ga kelib tekshirtiring, ko‘nglingiz xotirjam bo‘lsin. Sababi biz tekshiramiz va kafolatlangan hujjat beramiz. Hujjatda qandaydir xatolik bo‘lsa, biz uning jarimasini to‘laymiz. Shuning uchun eng so‘nggi texnologiyalar bilan tekshiramiz va hisobotini beramiz. Biz bu ishni boshlaganimizga 6 oy bo‘lishiga qaramasdan kelgan mijozlarimiz orasidan franshiza ham so‘rashyapti. Bu ishni Samarqandda, Farg‘onada va vodiy viloyatlarida ham qilishni xohlaydiganlar topilyapti. Kelgusida franshiza berishni reja qilganmiz. Chunki ishimiz faqat ishonch masalasi, biz ishimizga to‘laqonli ishonch bilan sifatli qilamiz.
Masalan, bu yerda ishlaydigan bir xodim mashina olib keldi. Mashinani unga 1600 km yurganligini aytib sotishibdi. Biz odatda mashinalarni 3 bosqichli tekshiruvdan o‘tkazamiz. Tekshiruv natijasida mashina aslida 3290 km masofani bosib o‘tganligini aniqlandi.
Bizda tekshirish narxi ham unchalik qimmat emas, 450.000 so‘m. Misol uchun 30.000 dollarlik mashinani 40-50 dollar sarflab uning asl holatini bilish yaxshiroq deb o‘ylayman va bu boshqa katta xarajatlardan saqlab qoladi”, – deydi Intest asoschisi.
Arzon ijara narxlari va keng tanlov – tadbirkorlar va xaridorlar manfaati
Bozorda jami 6,500 dan ortiq do‘kon mavjud bo‘lib, ulardan 2,000 dan ortiq do‘konda tadbirkorlar o‘z ishlarini olib borishmoqda.
Uy qurish yoki ta’mirlash jarayonida ko‘pchilik kerakli materiallarni topish uchun bir joydan boshqasiga yugurib vaqt va kuch sarflaydi. Tashkent INDeX’da joylashgan qurilish materiallari bozori esa bu muammoni hal qilishni maqsad qilgan. Tez kunlarda bu yerda uy-joy qurilishidan tortib, katta texnikalar uchun ehtiyot qismlargacha topish mumkin bo‘ladi. Bozor nafaqat xaridorlar uchun, balki sotuvchilar uchun ham katta qulaylik yaratadi. Chunki do‘konlarga yuk mashinalari bemalol kirib, mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib beradi. Bundan tashqari, ijaraga olingan do‘konlar uchun bonus qilib omborxonalar ham beriladi.
Tadbirkor fikri: “Bu bozorni tanlashimizga sabab – ijara narxlarining arzonligi. Shahar o‘rtasida bunday do‘konlar ijarasi 5-6 baravar qimmat. Bizni bu yer narxi bilan o‘ziga tortdi. Birinchidan yangi qurilgan joy, tayyor ta’mirlangan, mebel bilan kirib ishni boshlab yuboraverish mumkin. Markazdan yetib kelish uchun yangi yo‘l ham ochilgan. Ikkinchidan, avtoturargohning qulayligi, elektromobillar uchun ham quvvatlash stansiyalari ko‘p. Hudud tozaligi doimiy nazorat qilinadi.
Biz ayni paytda bozorga yangi mahsulotni taqdim qilyapmiz. Oxirgi paytda nafaqat Toshkent, umuman olganda havo sifati pasayib ketdi. Shu sabab nanosetkalarni olib keldik. Buni oddiy moskit setkadan farqi – tashqaridan kirayotgan zaharli tutun, chang, allergenlarni filtrlab uyga toza havo kirishini ta’minlab beradi.
Bu nanosetkalar Janubiy Koreya texnologiyalari asosida ishlab chiqarilgan. Tashqaridan kirayotgan havoni 85%gacha filtrlab beradi”, - deydi bozorda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlardan biri.
Yanada qulaylashayotgan imkoniyatlar
Tashkent INDeX hududida faqat savdo-sotiq uchun emas, turli maishiy xizmat muassasalari, ovqatlanish shoxobchalari, ko‘ngilochar maskanlar xizmati mavjud. Oziq-ovqat mahsulotlarining arzon xaridi uchun ham ko‘pchilik bu yerni tanlaydi. Maxsus sanoat zonasida esa 100 dan ortiq korxonalar faoliyat yuritmoqda. Oddiy suvdan tortib butun boshli bekatlar ishlab chiqariladi. Tez orada bozorda bojxona ombori va uzoq masofadan savdo-sotiq uchun keladigan mijozlarga mo‘ljallangan mehmonxona ham ochilishi rejalashtirilgan. Bozor hududiga esa umumiy quvvati 1 megavatt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatilgan.
Joriy yilning 12-16 aprel kunlari Tashkent INDEX hudida joylashgan qurilish mollari bozorining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan bozorda 5 kun davomida arzonlashtirilgan qurilish mollari yarmarkasi tashkil qilinadi. Shu kunlari xaridorlar qurilish mollarini odatdagidan arzonlashtirilgan narxlarda xarid qilishlari mumkin bo‘ladi.
Ayni paytda Tashkent INDEX bozori hududida joylashgan do‘konlar manfaatli narxlarda ijaraga berilmoqda. Aynan qurilish mollari bozorida joylashgan do‘konlarni ijaraga olganlar uchun bonusga omborxona ham taqdim etiladi. Do‘konlarni faqat ijaraga emas, balki xarid qilish imkoniyati ham mavjud.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998(55)515-33-33 | Instagram | Telegram
Reklama huquqi asosida