Saraton bilan kurashayotgan 6 yoshli Maqsudbekka yaxshi insonlardan ko‘mak zarur

Jamiyat 13:30 / 27.03.2020 12066

Oila boshlig‘i Mansur Kenjayev yo‘l boshidagi qurilishda mardikorchilik qilib ishlab turgan ekan. U uyiga yo‘l boshladi.

2004 yilda turmush qurgan Mansurbek va Nilufarxonlar oilasida birin-ketin farzandlar tug‘ilgan. Ikki o‘g‘il va ikki qiz ko‘rishgan. Farzandlarning kattasi 15 yoshda. Kenjatoy Maqsudbek 6 yoshda. Maqsudbek saratonning og‘ir formasidan biri — Noxojkin limfomasi, ya'ni limfa tizimi saratoniga uchragan.

Maqsudbekning tuzalishi uchun avval ham Kun.uz saytida xayriya aksiyasi o‘tkazilgan edi. 2018 yildan buyon u 8 marta kimyo terapiya kursini olgan. Ayni paytda onasi bilan Qarshi shahrida to‘qqizinchi nur kursini o‘tamoqda.

Bolalarning otasi Mansur Kenjayevning aytishicha, ayoli bemor farzandlarining parvarishi bilan band. Bir o‘zining mavsumiy ishlarda mehnat qilib topayotgan puli, og‘ir kasal farzandini davolatishga yetmayapti.

Oila yangi imorat qurib, 2 ta xonani bitirib ko‘chib kirgan. Uylarining ichki devorlari hali risoladagidek suvoq, hattoki pol qilinmagan. Tuproq.

Boz ustiga, 9 yoshli Nozimaga ham tuzalishi qiyin bo‘lgan dard yopishdi. U kamyob allergiya kasaliga duchor bo‘lgan.

Bu oilaga davolanish uchun hamyurtlarimizning ko‘magi juda zarur. Ona uch yildirki kasal bolasining parvarishi bilan band. Birgina otaning mardikorchilik qilib topayotgan puli ro‘zg‘orga ham, bolalarini davolatishga ham yetmayapti. Ayni kunlarda oila qarz-havola qilib dori-darmonga pul topib, bolasini davolatmoqda.

Biz hamyurtlarimizdan jafokash oilaga yordam qo‘lini cho‘zishni so‘rab qolamiz. Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar Maqsudbek va Nozimalarning onasi Nilufar Xamrayeva nomiga ochilgan plastik kartochkaga pul o‘tkazib berishlari mumkin:

Click/Payme: 8600 0417 7044 9388
Nilufar Xamrayeva (Onasi)

Shuhrat Shokirjonov tayyorladi.

Ko‘proq yangiliklar: